Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Repost
86
Nafsni qiynashda davom etamiz.

Oʻtgan yili Yunusobod tomondagi ot minadigan joyga 1fitdan ot mingani borganda yoʻlda mardikorlar turadigan joyni koʻrib, biror kun shu yerga chiqib ishlab koʻrishni niyat qilgandim.

Bu nimaga kerak?
Bu hozirgi yashayotgan hayotimizni qadriga koʻproq yetishimiz uchun, komfort zonadan bir kunga boʻlsa ham chiqish uchun, nafsimizni tarbiyalashimiz uchun kerak.

U yerga chiqqanlarni hammasi ham ish topolmaydi, koʻpi qaytib ketadi uyiga quruq qoʻl bilan.
Rizqi boʻlsa bir hafta ishlaydiganini bir kunda topib qoʻyishi ham mumkin.

Xullas kimdir sherik boʻlmoqchi boʻlsa @DostonUsmonov ga yozsa boʻladi. Xudo xohlasa shu yakshanba chiqib koʻrmoqchiman. Omadimiz kelib ish topsak, xohlaganlar kunni oxirida topgan pulini ehson qilishi mumkin.
04/12/2025, 07:15
t.me/suxrobblog/545
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found