“Universiada – 2024”: Renessans ta’lim universiteti talabasi g‘alabaga erishdi
Joriy yilning 22-26-aprel kunlari Surxondaryo viloyatida “Universiada – 2024” sport musobaqasining dzyudo yo‘nalishi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, Renessans ta’lim universiteti 2-bosqich talabasi Muslima Ahmedova ham ushbu nufuzli bellashuvda ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Muslima Ahmedova mazkur musobaqaning Toshkent shahar bosqichida 57 kg vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Muslimaning bu yutug‘i universitetimizning g‘ururini yanada oshirdi.
Sportchimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.
Oldinda hali katta g‘alabalar kutib turibdi.
☎️Murojaat uchun:
+998555067007 |
Yozish💬
📌
Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)📝
Telegram|💻
Instagram|📝
Facebook|🟥
Youtube| 🏛
Websayt