Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
25
11
2.9 k
San’at bayrami: Yoshlar, madaniyat va ijod bir sahnada

2025-yil 21−25-aprel kunlari O‘zbekistonda an’anaviy tasviriy va amaliy san’atga bag‘ishlangan xalqaro festival bo‘lib o‘tmoqda. Bu madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.

Ushbu nufuzli san’at bayramida Renessans ta’lim universiteti Dizayn yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlari tomonidan yaratilgan milliy kiyimlarni namoyish qilishdi.

Festivalning bosh maqsadi — asrlar osha sayqal topgan madaniy boyliklarimizni asrash, uni bugungi avlodga yetkazish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat.

Bunday tadbirlar yosh ijodkorlar uchun o‘z ustida ishlash va tajriba almashish uchun katta imkoniyatdir.

Festival dasturi ham nihoyatda sermazmun bo‘ldi: talabalarning ijodiy ko‘rgazmalari, milliy liboslar namoyishi, ilmiy anjumanlar, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
04/23/2025, 11:41
t.me/renessansedu_uz/1539
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found