Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi: taassurot va tafsilotlar
Bugun yurtimizda yoshlar taqdiri, ularning bilim olishi va jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash borasidagi ezgu gʻoyalar real amaliyotga aylanyapti. Yangi Oʻzbekiston bunyodkorligi yoʻlida Prezidentimiz ilgari surgan “Yoshlar – Uchinchi Renessans bunyodkorlari” tamoyili hayotga chuqur kirib bormoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil siyosat natijasida, 2025-yil 16-aprel kuni Renessans taʼlim universiteti tomonidan navbatdagi muhim ilmiy-amaliy tadbir – “Yoshlar – Uchinchi Renessans drayveri” mavzusidagi respublika konferensiyasi oʻtkazildi.
Unda respublikamizdagi turli oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga faol jalb qilish, taʼlim, fan va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga yanada keng yoʻl ochishdan iborat.
Batafsil👈
☎️Murojaat uchun:
+998555067007 |
Yozish💬
📌
Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)📝
Telegram|💻
Instagram|📝
Facebook|🟥
Youtube| 🏛
Websayt