Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
“Yoshlar – Uchinchi Renessans drayveri” konferensiyasi doirasida yo‘nalish majlislari davom etmoqda

Mamlakatimizda yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ilmiy-ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan “Yoshlar – Uchinchi Renessans drayveri” konferensiyasi o‘z ishini amaliy muloqotlar bilan davom ettirmoqda.

Ayni paytda konferensiya doirasida 6 yo‘nalish boʼyicha tematik majlislar bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim muassasalarining yosh olimlari, malakali mutaxassislari o‘z ilmiy qarashlari, tajribalari hamda muhim tashabbuslarini taqdim etmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda dolzarb ilmiy va ijtimoiy muammolar yuzasidan chuqur tahlil va takliflar muhokamasi boʼlib oʼtmoqda. Eng muhimi, mazkur konferensiya yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish hamda fikrini ochiq bayon qilish imkonini bermoqda.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
04/16/2025, 17:38
t.me/renessansedu_uz/1490
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found