Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
30
16
2.9 k
Renessans ta’lim universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi boshlandi

Ayni paytda Renessans ta’lim universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi boshlandi. Mazkur tadbir bitiruvchilar va ish izlovchilar uchun haqiqiy imkoniyatlar eshigini ochadi.

Bugungi mehnat yarmarkasida 20 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirok etmoqda. Har bir tashkilot o‘zining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari bilan qatnashmoqda. Bitiruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan tanishib, suhbatdan o‘tish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Hozirda talabalarning oqimi yuqori – kimdir rezyumesini topshirmoqda, kimdir esa ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda. Tashkilotchilarning aytishicha, bu tadbir orqali nafaqat ish topish, balki kelajakdagi yo‘nalishni belgilash mumkin.

“Karyera kuni — yoshlar uchun o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatish, ish beruvchilar oldida o‘zini namoyon qilish maydonidir,” — deydi tadbir tashkilotchilaridan biri.

Ish izlayotgan yoki o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan barcha talabalarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chorlaymiz.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
04/15/2025, 06:06
t.me/renessansedu_uz/1471
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found