Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
4
2.1 k
“WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi: taassurotlar va tafsilotlar

“WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi — bu nafaqat taʼlim sohasidagi yutuqlar namoyishi, balki kelajak sari ochilgan eshiklar ko‘rgazmasi bo‘ldi. Ikki kun davom etgan tadbir yorqin voqealarga boy boʼldi.

Ayniqsa, Renessans taʼlim universiteti ko‘rgazmada faol ishtirok etdi. Universitetning ta’lim yo‘nalishlari, xorijda o‘qish imkoniyatlari va grant dasturlari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazma ishtirokchisi, Shahrizoda Odilova o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi:

“Bugun biz xalqaro ko‘rgazmaga taklif etildik. Bu yerda Renessans taʼlim universiteti bilan yaqindan tanishdik. Ularning zamonaviy ta’lim tizimi va kelajakka qaratilgan yondashuvi bizni hayratlantirdi. Kelgusida aynan shu universitetda o‘qish niyatidamiz”.

Ko‘rgazma yakunlandi, ammo undagi taassurotlar, bildirilgan savollar va olingan javoblar ishtirokchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

“WORLD EDU 2025” — Renessans taʼlim universiteti uchun kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №150241, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
04/12/2025, 19:10
t.me/renessansedu_uz/1463