Toshkent viloyatida shirinlik yegani uchun bolasining qo‘llarini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
Olmaliq shahrida 8 yoshli bolasining qo‘l va oyoq barmoqlariga paxta tiqib yoqqan ona 2 yilga qamaldi. U bu ishni farzandi ruxsatsiz shirinlik yegani uchun qilgan. Boladagi jarohatlarni maktabdagi o‘qituvchilari payqab qolgan.Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ruxsatsiz shirinlik yegani uchun 8 yoshli bolasining qo‘l va oyoq barmoqlariga paxta tiqib yoqqan onaga hukm o‘qildi. Bu haqda Milliy telekanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 34 yoshli X.A. 2016-yilda tug‘ilgan o‘g‘li
B.A.ga doimiy ravishda azob berib kelgan. Ayol 2024-yil 30-oktabr kuni o‘g‘li uydagi shirinliklarni yeb qo‘ygani sababli uning barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqqan.
Oqibatda bola 1−2-darajali termik kuyishdan iborat bo‘lgan sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib keluvchi yengil tan jarohatlari olgan.
Boladagi jarohatlarni maktabdagi o‘qituvchilari payqab qolgan. Ularning so‘roviga javoban bola bu ishni onasi qilganini aytgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahri sudining hukmi bilan ayol Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandida (Voyaga yetmagan shaxsni qiynash) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarida o‘tash belgilangan.
👉Bizning kanal :
@Kunuz_Habarlar✅
Bizning asosiy kanal :
@Kozino_Kolizey📌