❗️Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi:
▫️Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, "O‘zbekneftgaz" AJ hamda "O‘zsuvta’minot" AJning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbari lavozimiga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari tayinlanadi;
▫️eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari bevosita Agentlikka bo‘ysunadi;
▫️eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish Agentlik hamda eksperiment o‘tkaziladigan tashkilotlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
Agentlik davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minlash, ularning xodimlarini stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish hamda malakasini oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
2025-yil 1-iyulgacha "
E-anticor.uz" da ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining elektron reestrini yuritish, hisobotni elektron taqdim etish, anonim so‘rovnomalar o‘tkazib e’lon qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
👉Bizning kanal :
@Kunuz_Habarlar✅
Bizning asosiy kanal :
@Kozino_Kolizey📌