Bugun she’rlari barchamizning qalbimizdan muqim o‘rin egallagan Muhammad Yusufning tavallud kuni. Esimda adashmasam uchinchi yoki to‘rtinchi sinf edim. Shoirning she’riy to‘plamidan ustozimiz matematika haqida she’rini o‘qib berib, qiziqtirib qo‘ygandilar. Shundan keyin dadamga aynan o‘sha she’riy kitobni oldirgandim va o‘qib chiqqandim.
Hozir esa, uning shaxsiyatiga ortiqcha ta’rif bermoqchi emasman. Shunchaki menga yoqadigan she’rlaridan birini keltirib o‘tmoqchiman xolos.
Ko‘klarda ko‘k kaptar qushdaymiz, jonim,
Qayg‘urma kel ko‘ngil "xushlaymiz" jonim,
Mening tanishim yo‘q narigi dunyoda
Baribir "Jannatga tushmaymiz jonim"...
Yorug‘ dunyoda kim yashaydi to‘yib,
Umr o‘tib ketgay kiprik qoqquncha:
Onang ko‘ksiga bir boshingni qo‘yib,
Bolang ko‘ziga bir kulib boqquncha...
Muhammad Yusufni albatta o‘qing! His qiling!
@doston_chustiy