Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
16.14%
ERR (week)

Ilm — mana insonning haqiqiy ustunligi! . . Iqtisodiyot haqidagi blogim: @chustiy_iqtisodiyoti

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
Repost
56
05/06/2025, 04:41
t.me/doston_chustiy/1452 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
Repost
57
Одамлар доим ўзлари учун бир паноҳ излайдилар: қишлоқдаги уйча, денгиз бўйи ёки тоғлар бағрида. Лекин инсон хоҳласа, ўз ичидан ҳам паноҳ топиши мумкин. Инсон ҳеч қаерда ўз қалбидагидек сокин ва осон паноҳ топа олмайди. Айниқса, агар у ўз қалбида бир қараш биланоқ тўла хотиржамликни топа оладиган тасвирларни сақласа. Хотиржамлик эса — фикрлардаги мукаммал тартибдан бошқа нарса эмас. Марк Аврелий
05/05/2025, 07:20
t.me/doston_chustiy/1451 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
Repost
98
Yaxshi odamlarni tanlashda ularning so‘zlaridan ko‘ra, harakatlariga ko‘proq e’tibor bering! Chunki yaxshi gapiradigan, lekin hayotda hech narsaga erishmagan odamlar ham ko‘p.
05/01/2025, 08:06
t.me/doston_chustiy/1449 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
179
Bugun she’rlari barchamizning qalbimizdan muqim o‘rin egallagan Muhammad Yusufning tavallud kuni. Esimda adashmasam uchinchi yoki to‘rtinchi sinf edim. Shoirning she’riy to‘plamidan ustozimiz matematika haqida she’rini o‘qib berib, qiziqtirib qo‘ygandilar. Shundan keyin dadamga aynan o‘sha she’riy kitobni oldirgandim va o‘qib chiqqandim.

Hozir esa, uning shaxsiyatiga ortiqcha ta’rif bermoqchi emasman. Shunchaki menga yoqadigan she’rlaridan birini keltirib o‘tmoqchiman xolos.

Ko‘klarda ko‘k kaptar qushdaymiz, jonim,
Qayg‘urma kel ko‘ngil "xushlaymiz" jonim,
Mening tanishim yo‘q narigi dunyoda
Baribir "Jannatga tushmaymiz jonim"...

Yorug‘ dunyoda kim yashaydi to‘yib,
Umr o‘tib ketgay kiprik qoqquncha:
Onang ko‘ksiga bir boshingni qo‘yib,
Bolang ko‘ziga bir kulib boqquncha...

Muhammad Yusufni albatta o‘qing! His qiling!

@doston_chustiy
04/26/2025, 12:06
t.me/doston_chustiy/1447 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
134
#taqriz

Iogann Volfgang Gyote — "G‘arbu Sharq devoni"

Gyote bilan tanishish menda unchalik ham qiyinchilik tug‘dirmadi. Chunki, oldinroq Robert Grinning "Mahorat"ini o‘qiganimda uning biografiyasi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib bo‘lgandim. Ushbu asar ham uning hayot yo‘li haqida so‘zlashdan boshlanadi. Gyotening biografiyasini o‘qir ekansiz, bu inson xohlagan ishini qilgan va unda eng zo‘rlaridan bo‘lgan ekan degan fikr albatta hayolingizdan o‘tadi. O‘zida adabiyotga nisbatan qiziqishi borligini sezgach, darhol u bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Bir necha yillar o‘tmay olmon adabiyotiga o‘zgacha ruh olib kirgan "Yosh Verterning iztiroblari" asari dunyo yuzini ko‘radi. U shunday mashhurlikka erishadiki, hatto yashashdan ma’no topa olmay qoladi. O‘lim yoqasidan qaytib keladi. So‘ng, garchi o‘ziga yoqmasa-da, o‘zini davlat arbobi sifatida sinab ko‘radi. Buning evaziga unga, ilm bilan shug‘ullanishga barcha sharoitlar yaratib berilishi va’da qilinadi. Shu sababli, u bunga rozi bo‘ladi. Sevgida ham o‘zini bir necha bor sinab ko‘radi. Aniqroq aytsam, sevadi, seviladi, kuyadi. 

Gyotening shaxsiyatida yana bir e’tiborga molik jihati bu ilmni, ilm bilan shug‘ullanuvchilarni umuman olganda ilm ahlini sevishi va hurmat qilishi. U umrida davomida mana shunday insonlarga talpingan va atrofiga to‘plagan. Ular bilan hamsuhbat bo‘lgan va ularning fikrlari-yu tanqidlariga doimo ochiq bo‘lgan. Menimcha, uni buyuk olmon Gyotesi qilgan xislati ham shu edi.

Ushbu asarda bundan tashqari Gyotedan hikmatli so‘zlar keltirilgan. Bularni o‘qir ekansiz. Gyotening fikrlar zanjiri qanchalik mukammalligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Gyote shunday qomusiy shaxs bo‘lganki, barcha mavzu haqida uning tugal fikri mavjud bo‘lgan. Eng hayratlanarlisi barcha fikr mulohazalari deyarli to‘g‘ri edi. Aks holda, uning fikrlari to hozirgacha yetib kelmagan bo‘lardi. Vaqt sinovidan o‘tdimi, demak bu haqiqat!

Professor Akmal Saidov so‘zlari bilan Gyote shaxsiyatiga berilgan tariflarni yakunlasam degandim: "Gyote Sa’diy kabi jahongashta, Jomiy kabi piri murshid, Navoiydek davlat arbobi va Hofizu Xayyom kabi devonavash qalb egasi bo‘lgan".

Endi asarning "go‘shtli" qismiga to‘xtaladigan bo‘lsam, ushbu asardagi barcha she’riy dostonlar siz-u biz bilgan, sharq daholarining asarlariga taqlid sifatida yozilgan. Aniqroq aytsam, Gyote ulardan ilhomlangan. Umuman olganda nafaqat Gyote, balki uyg‘onish davri va aynan shu davrdan keyingi barcha faylasuflar hamda yozuvchilar sharq adabiyotini o‘qishga, qiziqishgan, o‘rganishgan hamda ulardan ilhomlanishgan. Bularga Gyotening o‘zini, Nitsheni hamda bir nechta olmon yozuvchilarini misol qilib keltirsam bo‘ladi.

Bilmadim, Gyotening she’rlari haqida yana qanday fikr bildira olaman. Men uni o‘qiyotganimda keyinchalik bu haqida qanday fikr bildiraman deb o‘qimadim to‘g‘risi. O‘qidim. Uning she’rlarini shunchaki his qilib o‘qidim. Shu xolos. Sizlargayam tavsiyam shu. Hech qanday ortiqcha, mazmun va ma’no axtarmasdan, shunchaki o‘qing.

@doston_chustiy
04/25/2025, 15:25
t.me/doston_chustiy/1446 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
91
Agar biz biror narsadan qoniqishga qodir bo‘lganimizda, allaqachonlar qoniqib bo‘lgan bo‘lardik.

© Seneka
04/24/2025, 11:00
t.me/doston_chustiy/1443 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
175
Tun bu bedorlik. Tun bu ilm. Tun bu ilhom. Tun bu she'riyat. Tun bu ibodat. Tun bu abadiyat. So‘ngida esa, tun bu asl siz va men!
04/18/2025, 20:07
t.me/doston_chustiy/1440 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
99
​​Hayot yo‘li

Bazilar 22 yoshda institut yoki universitetni tamomlaydi lekin, munosib ish topish uchun 5 yil kutadi.

Bazilar 25 yoshida kopmaniya rahbari bo‘ladi va 50 yoshida olamdan o‘tadi.

Bazi boshqalar 50 yoshida kompaniya rahbari bo‘ladi va 90 yilgacha umr ko‘radi.

Barak Obama 50 yoshida nafaqaga chiqgan bo‘lsa, uning bir vaqtlar vitse prezidenti bo‘lgan Jo Bayden 78 yoshida AQSH prezidenti bo‘ldi.

Bazilar turmush qurgan vaqtda bazilar hali g‘am bo‘ydoq bo‘ladi.

Bu dunyoda har kim o‘z vaqt o‘lchovi bilan yashaydi.

Sizning atorfingizdagi odamlar go‘yoki sizdan ancha odimlab ketganga o‘xshab ko‘rinadi, bazilar esa sizdan ortda qolayotgandek.

Ularga xasad qilmang faqat xavas ko‘zi bilan boqing.

Shuning uchun o‘zingizni xotirjam tuting.

Siz kech qolmadingiz.

Siz odimlab ham ketmadingiz.

Barchaning o‘z hayot yo‘li va umr o‘lchovi bor.

Manba
04/17/2025, 03:41
t.me/doston_chustiy/1439 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
Repost
74
Фақат буюк оғриқ — узоқ, секин келадиган ва вақт талаб қиладиган оғриқ бизни ўзимизнинг энг чуқур поёнларимизга тушишга мажбур қилади. Бундай оғриқ бизни 'яхшилайди' деб шубҳаланаман; лекин унинг бизни янада чуқур фикрлайдиган инсонга айлантиришини биламан.
Бундай жарликлардан, бундай оғир холатлардан инсон қайта туғилгандай қайтиб келади, гўё терисини тўкиб ташлагандек, ҳисларида кўпроқ шодлик ва иккинчи бор пайдо бўлган бегуноҳ шодлик билан — болаликка хос, бироқ олдингига қараганда юз карра нозик ва мукаммалроқ бўлиб" -Фридрих Ницше
04/15/2025, 03:24
t.me/doston_chustiy/1437 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
81
Yigirma bir yosh

Yigirma bir yosh, ko‘pchilik eng qoning qaynagan yoshing deydi. Lekin men eng ko‘p sokinlik istayman negadir.

Yigirma bir yosh, o‘zing xohlagan barcha-barchasini amalda qo‘llab ko‘radigan yosh (o‘xshasa-yu-o‘xshamasa).

Yigirma bir yosh, barcha mas’uliyatni aqlan bo‘yningga olib, harakat qiladigan yosh.

Yigirma bir yosh, hammadan qochib, o‘z muammolaringni o‘zing hal qiladigan yosh.

Yigirma bir yosh, ulg‘ayganingni va o‘sha beg‘ubor bolalik hech qachon qaytmasligini tushunadigan yosh.

Yigirma bir yosh, boshqalarni kuzatib, o‘z orzularingdan voz kechmasliging shart bo‘lgan yosh.

Yigirma bir yosh va bu shunchaki son xolos.

P.s. Hech narsa yozish niyatim yo‘q edi. Shunchaki, oldin yozganlarim kabi, buni ham bir necha yillardan keyin, kulib, o‘qish uchun hayolimga kelgan narsalarni qoralab qo‘ydim xolos.

@doston_chustiy
04/13/2025, 19:04
t.me/doston_chustiy/1436 Permalink
DO
Doston Chustiy
145 subscribers
100
Shomirza Turdimov: Shayton san’atga aralashmaydi deysizmi? San’atning tub asosi shaytoniy deguvchilar ham bor.

Rauf Parfi: Shayton hamisha bosh rollarda turadi. Qarama-qarshilik bo‘lmasa, fikrni yetkazib bo‘lmaydi. Hayot o‘zi qarama-qarshilikdan iborat. Masalan, elektrda manfiy va musbat bir-birini o‘ldirganda chiroq yonadi. Sizga yorug‘lik kerak. Xuddi shunday, sizdagi ezgulik bilan yovuzlik kurashganda san’at tug‘iladi. Drama qancha kuchli bo‘lsa, shuncha yorug‘roq bo‘ladi. Drama degani konflikt degani. Tragediya degani fojia bir-birini o‘ldirish degani. Oldindan aytib qo‘yadi fojia deb.

Aslida, odamga "Nimanidir qil!" deb butun a’zoyi badan, ong berilgan. Shunga imkonimiz bo‘lib, shaytonning gapiga kirdim deymiz. Shayton go‘zal simvol. Shuncha xatolarni bitta shaytonga yuklab ketaveramiz. Shayton bizning boy berilgan ruhimizni egallab olgan nafsimiz-ku.

Shaytonga qarshi kurash butun ilmdan iborat ekanligi, to‘rt ming yildan beri necha million kitob shaytonga qarshi yozilganini bila turib har qadamingiz-da shaytonga duch kelaverasiz. Nega "balans" yo‘q? Nega odam bolasi bir-birini tushunmaydi? Davlatlar bir-biri bilan urishadi. Millat millatni xo‘rlaydi. Nega? Bu zulm davom etadi. Nega?

Bu ilmlar nega kerak edi, ta’siri bo‘lmasa? Falonchiga yuz ming kerak ekan, nega pistonchini aldashi kerak? Shuncha ilm bor-ku, nega? Qani bu ilmlardan kelgan foyda? Demak, inson buzuq nafs bilan tug‘ilgan ekan. Xamiri shunday qorilgan ekan-da?! Bilimning odamni skeptik qiladigan joyi shu.

Bu yerda bilgan ham, bilmagan ham xato qiladi. Bu yerda bilgan ham, bilmagan ham qurbon.

Folklorshunos olim Shomirza Turdimov va Rauf Parfi suhbati. 1999-yil "Suhbatdosh" gazetasida chop etilgan.

@doston_chustiy
04/12/2025, 15:04
t.me/doston_chustiy/1435 Permalink
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria