Iqtidorli yoshlarga katta imkoniyat:
102 nafar bitiruvchi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga davlat grantini yutdi
🔰O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan yana bir qadam: 2025-2026 o‘quv yili uchun ajratilgan 200 ta davlat grantidan 102 tasi o‘z egalariga topshirildi. Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan o‘tkazilgan birinchi imtihon natijalariga ko‘ra 102 nafar yosh va iqtidorli abituriyent davlat granti asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu grantlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ajratilgan bo‘lib, sohaga bilimli, tashabbuskor va ilg‘or fikrlaydigan mutaxassislarni jalb etish maqsadini ko‘zlaydi.
🔰Yuksak maqsad – zamonaviy mutaxassislar tayyorlash
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro andozalarga javob beradigan, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirgan ta’lim dasturlari orqali talabalarni tayyorlashni maqsad qilgan. Bu yerda talabalar nafaqat an’anaviy fanlardan saboq oladilar, balki zamonaviy agrotexnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari, resurs tejamkor innovatsiyalarni ham chuqur o‘zlashtiradilar.
🔰Ushbu grant yutib olgan bitiruvchilar respublikaning turli hududlardan tashrif buyurishdi. Bugun sertifikatlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
🔰Ayni paytda universitet tomonidan 2025-2026 o‘quv yili uchun saralash jarayonlari davom etmoqda va bu yana ko‘plab yoshlar uchun imkoniyat eshiklarini ochib beradi.
⬇️Hujjatlaringi
zni https://admission.iau.uz/auth/check-user platformasi orqali onlayn topshiring va o’z Grant o’rningizni band qilishga shoshilin
g.
Vebsay
t | Telegra
m | Instagra
m | YouTub
e | Facebook