Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabalari supperfinalga yo‘l olishdi.
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining rus dasturi bo‘yicha kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan birinchi bosqich talabalari M.Jurakhonov va D.Raxmanberlin o‘zlarining yangicha qarashlari va dolzarb ilmiy yondashuvlari bilan Rossiyaning 80 ta hududi va 8 ta xorijiy davlatdan kelgan 159 ta loyihadan ajralib turib, eng istiqbolli TOP-5 talik ro‘yxatiga kirdilar!
🇷🇺 Ular 2025-yil 20–22-aprel kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan SUPERFINAL bosqichida o‘z g‘oyalarini jonli taqdim etish uchun taklif qilingan edilar. Bugun talabalar yangi yutuqlarga erishish uchun Moskva shahriga yo'l olishdi.
💧 Ilmiy loyiha nomi:
"Qurg‘oqchil hududlarda barqaror qishloq xo‘jaligini yuritish uchun suvni filtratsiya va qayta ishlash texnologiyasi: Orol dengizini tiklashning iqtisodiy salohiyati."
Bu loyiha — nafaqat innovatsion yondashuv, balki ekologik uyg‘oqlik, iqtisodiy barqarorlik va mintaqaviy tiklanish sari tashlangan jasur qadamdir.
Ularga Moskvadagi superfinalda kuch, ishonch va ilhom tilaymiz! Sizlar bilan faxrlanamiz
!
Vebsayt
| Telegram
| Instagram
| YouTube
| Facebook