#Talim_tajriba_amaliyot
🔰 Bugungi kunda mamlakatimizda malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔰 Xususan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda “aqlli qishloq” konsepsiyasining afzalliklari katta ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish orqali barqarorlik va unumdorlikni oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
🔰 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining "Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi" yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar asalarichilik yo‘nalishidagi amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Amaliyot davomida ularga professorlar Dr. Sergei Yazvenko va Nathan Rash hamrohlik qildi. Dars davomida berilgan nazariy bilimlar real hayotiy tajriba orqali mustahkamlandi
.
Vebsayt
| Telegram
| Instagram
| YouTube
| Facebook