“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi Turan Xalqaro Universitetida!
Bugun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi aynan Turan Xalqaro Universitetida bo‘lib o‘tdi!
💎Bu tanlov Turan Xalqaro Universitetining zamonaviy, innovatsion va barcha sharoitlarga ega ta’lim maskani ekanini yana bir bor isbotladi. Universitetimizning ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalari, keng va yorug‘ zallari, xalqaro talablar darajasidagi infratuzilmasi ushbu muhim tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga imkon yaratdi.
🪙Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 1-, 2-, va 3-o‘rin g‘oliblariga mos ravishda 250 million, 200 million va 150 million so‘m miqdorida Prezident sovg‘alari ajratilgani esa bu jarayonga alohida ruh bag‘ishladi!
✅Turan Xalqaro Universiteti - nafaqat zamonaviy ta’lim markazi, balki yirik tadbirlar, tanlovlar, va ilmiy anjumanlarning ham eng yaxshi mezboni.
📍
Manzil: (Namangan shahri, Q. Mamarasulov ko’chasi, 10-D uy)
📚Rasmiy sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱
Instagram 📱
Website