⚡️ Bahorgi attestatsiyadan boshlab 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi!
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasi berish tizimi xalqaro e’tirof etilgan xorijiy tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tdi.
Shunga ko‘ra, attestatsiyadan 86 va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkasiga qo‘shimcha 70% ustama belgilanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sardor Rahimboevning ma’lum qilishicha, ushbu akkreditatsiya Amerika tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan.
2025-yilning birinchi yarmida o‘tkazilayotgan attestatsiyada yuqori ball olgan barcha pedagoglar ushbu ustamadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov