Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Repost
128
101
3.6 k
Assalomu alaykum hurmatli vazirimiz HILOLA UMAROVA! 2025-yil 22-aprelda o'tkazilgan attestatsiya sinovini qaytadan o'tkazishingizni iltimos va talab qilamiz. Bunga bir qancha asoslarimiz bor:
1. Testlar qiyin darajadan tashkil topgan. Shunga qaramay yaxshi bajardik. Lekin natijalarimiz qoniqarsiz. Biz bilishni istaymiz: nimani bilmas ekanmiz?
2. Murakkab testlar juda ko'p Vaqt inobatga olinmagan.
3. 15 talik ped mahorat, kasb standartidan tushgan testlardan umuman norozimiz. O'qituvchilarning dars sifatini oshirishga yordam bermaydi. Shaxsan o'zimga tushgan kasb standarti faqat tamoyillardan tashkil topgan murakkab testlar edi. Umuman ishlolmadim.
3. Texnik nosozliklar( internet "qotishi") kuzatildi. Tizimga kirar ekanmiz testlar o'zgarib ketyapti. Balki,natijalarimizda ham angloshilmovchiliklar bordir.

Hurmatli Vazirimiz, men avvalgi attestatsiyalarda 95,95,94 ballik natijalarni qayd etganman. Milliy sertifikatga ham egaman. Bu oson bo'lmagan. Lekin testni qiynalib bo'lsa-da, tahlil qilib javobini chiqarganman. Bu yilgi natijam - 74. Xullas, bu yerda bir gap bor. Bu 90 % ustozning fikri. O'qituvchi shunday insonki, arzimagan gapga ham quvonib yuradi.
Biz Vazir ustamasi, 70% lik ustama haqida xayolgina sura oldik, xolos. Kasbimiz bilan faxrlanib yashaymizmi yoki afsuslanib?

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 6-maktab ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Tursuqulova Yulduz

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI
04/23/2025, 18:11
t.me/onatili_izamov/5860
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found