Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
33
81
4.4 k
⚡Yordamchi fe'llar haqida

Aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarida ko'pchilik talabgorlarni o'ylashga majbur qilgan, yechimi qiyindek tuyilgan, aslida juda oddiy narsa haqida fikr yuritamiz:

Yordamchi fe'llar - o'zida mavjud bo'lgan mustaqil atash ma'nosini yo'qotib, biror mustaqil (aksariyat hollarda ot) va oraliqdagi so'z turkumlariga oid bo'lgan so'z bilan birga qo'llanilib, kompozitsiya usulida yangi so'z yasashga xizmat qiluvchi fe'llardir.

Masalan :

a) Ot + qil, et, ayla, ber, sol, ko'r, ol, top, bo'l : hikoya qilmoq, himoya qilmoq, qayd etmoq, duo olmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, qo'nim topmoq, judo bo'lmoq, tush ko'rmoq, xalal bermoq... ;

b) Sifat + qil, bo'l, ayla, ko'r : abgor qilmoq, tayyor qilmoq, ado bo'lmoq, ogoh aylamoq, yaxshi ko'rmoq... ;

c) Undov so'z + ur, de, sol: oh urmoq, dod solmoq, dod demoq, oh demoq... ;

d) Taqlid so'z + qil, et, de : taq- taq qilmoq, qilt etmoq, qars etmoq, lip etmoq, vov - vov demoq

❗Bu so'zlar qo'shma fe'l hisoblanadi va yasama so'zlarga olinadi.

Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
04/21/2025, 16:41
t.me/onatili_izamov/5832
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found