Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
50
447
7.7 k
38-savol uchun maxsus

⚠️Yodlab oling.

Ko'makchi va qo'shimchalar ma'nodoshligi:

1️⃣.  sababli, tufayli = -dan, -ga
✔️ uyalganidan - uyalgani sababli, yig'laganiga - yig'lagani tufayli

2️⃣. uchun =-ga, -dan
✔️oyimga - oyim uchun, topolmaganidan - topolmagani uchun

3️⃣. tomon, sari, bo'ylab,sayin = -ga
✔️uy tomon - uyga, tog' sari - tog'ga, ko'cha bo'ylab - ko'chaga

4️⃣. haqida, to'g'risida = -dan, -ni
✔️majlis haqida so'z ochmoq - majlisdan so'z ochmoq, do'stim to'g'risida gapirmoq - do'stimni gapirmoq

5️⃣. kabi, singari, yanglig` =dek, -day
✔️ u kabi - uningdek, oy yanglig' - oydek, gul singari - gulday

6️⃣. qadar = -gacha
✔️uygacha - uyga qadar

7️⃣. uzra = -da
✔️ samo uzra - samoda

8️⃣. bilan (payt, vosita ma'nosi) = -da, -dan
✔️qalam bilan - qalamda, ko'prik bilan- ko'prikdan

Manba 👉 https://t.me/adabiyotquiztest

Kanalimiz:
https://t.me/Onatili_Izamov
04/19/2025, 07:33
t.me/onatili_izamov/5783
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found