Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
YI
NAMANGAN YOSHLARI
8 908 subscribers
Repost
1
379
🔈 Top 100 Uni Camp 2025 uchun qabul rasman ochildi!

🔖 Yoshlar Ishlari Agentligi Top 100 Yozgi Oromgohi uchun arizalar qabul qilish boshlanganini e'lon qiladi!

Bu yil oromgohimizda nafaqat O‘zbekistondan, balki dunyoning turli davlatlaridan talabalarni ham qabul qilamiz.

Agar siz dunyoning nufuzli universitetlariga kirishni orzu qilsangiz, yetakchilik qobilyatlariingizni rivojlantirmoqchi va global miqyosda doʻstlar orttirmoqchi bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

📝 Top 100 Uni Camp sizga quyidagilarni taklif etadi:

● Ikki mavsumda: bakalavriat – "6-iyundan 13-iyungacha" va magistratura – "3-avgustdan 10-avgustgacha" alohida dasturlar;
● Ariza topshirish, grantlar va qabul strategiyalari bo‘yicha mahorat darslari;
● Top 100 talikdagi universitetlarda o‘qigan va o‘qiyotgan mentorlar bilan darslar;
● Kelajagingiz uchun eshiklarni ochuvchi netvorking imkoniyatlari;
● Tog‘ bag‘rida unutilmas bir haftalik sarguzasht va rivojlanish!

🔗 Ariza topshirish uchun Top Coach platformasidan ro‘yxatdan o‘ting.
☝️ Ro‘yxatdan o‘tish rasman 25-may kuni soat 23:59da tugatiladi!

➡️ Roʻyxatdan oʻting va xalqaro imkoniyatlar sari ilk qadamni qoʻying!

Telegram | Instagram | YouTube
04/26/2025, 19:04
t.me/yianamangan/44271
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found