“Talabalar bahori” Qoraqalpog‘istonda!
🇺🇿Qoraqalpog‘iston Respublikasining 11 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba o‘rtasida “Talabalar bahori” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida tashkil etilgan intellektual o‘yinlar, kitobxonlik tanlovlari va sport musobaqalari yoshlarning bilim va iqtidorini namoyon etishga xizmat qildi. Shuningdek, madaniy tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, jinoyatchilikni oldini olish, chet tillarini o‘rganish va bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar, tarixiy joylarga va tadbirkorlik subyektlariga sayohatlar tashkil etildi.
✅Festival doirasidagi tanlov g‘oliblari bugun Qoraqalpog‘istonning “Qaratereng” ekoturizm kompleksida tantanali ravishda taqdirlanadi.
#TalabaFest #Qoraqalpogiston
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📱
Instagram 📺
YouTube 🌍
Veb sayt