Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
🟢Bugun Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov Chust tumani yoshlari bilan uchrashdi.
📌“Bibiona” mahallasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda hududda istiqomat qiluvchi 21 nafar ishsiz yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
📝 Ular asosan ishga joylashish, yer olish, subsidiya asosida asbob-uskuna olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olishda yordam va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.
⭐Viloyat yoshlar rahbari murojaatlarni birma-bir tingladi. Murojaatlarning ikkitasi joyida xal etilib, qolgan murojaatlar yechimi yuzasidan manzilli rejalar ishlab chiqilib ijrosi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram | ✅
Instagram | ✅
Facebook