Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
YI
NAMANGAN YOSHLARI
8 943 subscribers
3
3
301
Malakali yosh kadrlar safi kengaymoqda

🇺🇿Bugun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 2024-2025 o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qayta tayyorlash kursi doirasida tinglovchilarga 12 hafta davomida nazariy va amaliy bilimlar berildi. O‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida 2 hafta davomida turli vazirlik, idora, tashkilotlar hamda hokimliklarda malakaviy amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi.

O‘quv jarayonida tinglovchilar ma’muriy islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, davlat boshqaruvi va huquqiy asoslari, liderlik ko‘nikmalari hamda boshqaruv psixologiyasi kabi muhim yo‘nalishlarda puxta bilim va tajriba orttirdilar.

Ushbu o‘quv kurslari tinglovchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, kelajakda malakali zahira kadrlar sifatida shakllanishlari uchun mustahkam zamin yaratdi!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | ✅Instagram | ✅Facebook‌‌‌‌
04/26/2025, 16:40
t.me/yianamangan/44246
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found