Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
YI
NAMANGAN YOSHLARI
8 944 subscribers
531
Pop tumanida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugun Pop tumani madaniyat markazida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 45 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka doirasida:
70 dan ortiq yoshlar tomonidan ishga joylashish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi;

23 nafar yosh mutaxassis doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi;

17 nafar yosh kasb-hunarga qayta tayyorlash kurslariga yo‘naltirildi;

30 nafar yoshga ishga joylashish masalalari yuzasidan huquqiy va amaliy maslahatlar berildi.
Ayni paytda Pop tumanida 862 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ularning katta qismi yoshlar uchun mo‘ljallangan. Shu munosabat bilan, ish qidirayotgan yoshlar tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi va Yoshlar ishlari bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.

Bu kabi mehnat yarmarkalari orqali yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | ✅Instagram | ✅Facebook‌‌‌‌
04/25/2025, 17:56
t.me/yianamangan/44209
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found