Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
YI
NAMANGAN YOSHLARI
8 813 subscribers
1
3
431
Ichki ishlar vaziri kubogi uchun “Voleybol” musobaqasi — SEKTOR BOSQICHIGA START BERILDI!

Bugun Namangan muhandislik-qurilish instituti sport zalida katta sport bayrami boshlandi! Mahalla yoshlari orasida o‘tkazilayotgan besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida, Ichki ishlar vaziri kubogi uchun sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqaning sektor bosqichi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda start oldi!

Musobaqada 16-21 va 22-30 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘zaro bellashuvga chiqishdi. Har bir jamoa g‘alaba yo‘lida bor kuch va mahoratini namoyon etmoqda. Maydon — bu endi nafaqat sport, balki do‘stlik, iroda va jamoaviylik sahnasiga aylangan!

Ochilish marosimida mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, sportchilarga g‘ayrat, omad va adolatli o‘yin tiladi. Ularning ezgu tilaklari maydonga yangicha ruh va ishtiyoq olib kirdi.

Bu musobaqa – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | ✅Instagram | ✅Facebook‌‌‌‌
04/24/2025, 19:35
t.me/yianamangan/44187
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found