VAUCHER TIZIMI BO'YICHA SEMINAR
🗓2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida talab yuqori boʻlgan 35 turdagi kasblarni vaucher asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi.
📚Endilikda bu tizim barcha hududlarda joriy qilinyapti. Xususan, Xorazm viloyatida ham.
✅Shu munosabat bilan, Urganch shahar Kasbiy ko'nikmalar markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvarda qabul qilingan "2025-yilda aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 12-son qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha o'quv-seminari o'tkazildi.
🇺🇿Seminarda O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan mas'ul I.Musayeva, Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M.Otajonov hamda sho'ba boshlig'i D.Bobojonov, shuningdek, viloyatimizdagi Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarning soha bo'yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.
💬Qatnashchilar kun tartibining asosiy mavzusi bo'lgan vaucher tizimi yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
➡️
Vaucher nima ?
➡️
Vaucher asosida bepul o‘qitiladigan til va kasblar ro‘yxati ?
➡️
O‘quv markazlari vaucher tizimida o‘qitish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tadi ?🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram |
Instagram |
Facebook |
Web-sayt |
Youtube |
Vakansiya