IMTIYOZLI KREDIT - BARAKALI CHORVA
📍Urganch tumani Hamid Olimjon mahallasida yashovchi Niyozjon Shermetova imtiyozli kredit evaziga 5 bosh naslli mol oldi. Kelinining nomiga olingan bu imkoniyatni u to‘g‘ri yo‘naltirdi.Shu orqali barcha oila a'zolarining bandligi ta'minlandi.
✅ Hozirda kreditning asosiy qismini emas, imtiyozli davrning foizini to‘layapti. Uning aytishicha hozir sotsa ham umumiy kredit narxidan tashqari 60 mln foydada bo'ladi. Lekin, sotmaydi, maqsadi katta... ko'paytirish, chorvachilik xo'jaligi tashkil etish. Chunki, har bir bosh mol – bir umid, bir baraka.
✅Niyozjon opa bu yo‘ldan ko‘ngli to‘q. Endi boshqalarga ham aytadi: 🎤"Qo‘rqmang, harakat qiling. Chorvachilik – rostdan ham rizq eshigi.
🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram |
Instagram |
Facebook |
Web-sayt |
Youtube |
Vakansiya