🟦🟦🟦
ARDA XIVADA YARMARKA VA MEDIA TUR
✅Xabar berganimizdek, "Arda Xiva"da Urganch tuman, Urganch shahar, Xiva tuman, Xiva shahar, Yangiariq hamda Qo'shko'pir tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari ishtirokida ta'lim muassasalari bitiruvchilari, jazodan ozod etilganlar, nogironligi bo'lgan hamda chet eldan qaytgan fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida "bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" hamda band bo'lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o'qitishga xizmat qiluvchi Kasbiy ko'nikmalar markazlari faoliyati yuzasidan media-tur o'tkazildi.
✅ Yarmarkada 133 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashish uchun, 69 nafar fuqarolarga kasb-hunarni bepul o'rganishlari uchun yo'llanmalar berilgan bo'lsa, 281 nafari bandlikka oid maslahatlar oldi.
✅Media-tur doirasida ishtirokchilarga Kasbiy ko'nikmalar markazlaridagi yo'nalishlar, sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram |
Instagram |
Facebook |
Web-sayt |
Youtube |
Vakansiya