Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
OT
OTFIV | Toshkent
7 625 subscribers
4
2.9 k
#Forum2025
#Natija

Polshada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Polsha II rektorlar forumida Toshkent va Varshava universitetlari o‘rtasida tarixiy ahamiyatga ega hamkorlik bitimlari imzolandi.

Forumda akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ikki diplomli dasturlar hamda talaba-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovkalar va yozgi maktablar tashkil etish, shuningdek, Polshaning yirik kompaniyalarida o‘zbekistonlik talabalarning pul to‘lanadigan amaliyotga jalb qilish hamda Erasmus+, Horizon Europe kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu kelishuvlar akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va ikki diplomli dasturlarni qamrab olib, ikki shahar oliygohlari o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
04/25/2025, 18:17
t.me/otfiv_toshkent_boshqarmasi/4435
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found