Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
O‘zsanoatqurilishbank – ochiqlik indeksida tijorat banklari orasida mutlaq yetakchi!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan 2024-yilgi Ochiqlik indeksida O‘zsanoatqurilishbank 87,4 ball bilan TOP-10 tashkilotlar qatoriga kirdi hamda tijorat banklari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu natija bankning shaffoflik, javobgarlik va jamoatchilikka ochiq bo‘lish borasidagi izchil sa’y-harakatlari natijasidir.

Solishtirma holatda:
📊2022-yil — 71,1 ball
📊2023-yil — 78,1 ball
📊2024-yil — 87,4 ball

Ochiqlik indeksi 84 ta mezon bo‘yicha 8 indikator asosida baholanadi va davlat tashkilotlari “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Bankimiz 71 balldan yuqori natija bilan “yashil” toifaga kirdi.

Ochiq va oshkora faoliyat – O‘zsanoatqurilishbankning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

#OchiqlikIndeksi #Shaffoflik #O‘zsanoatqurilishbank #Antikorrupsiya
04/25/2025, 05:25
t.me/b_bozorov/3245
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found