Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Surxondaryo viloyatida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Prezidentimiz raisligida o‘tgan yil 23-sentyabrda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator yangi tashabbus va vazifalar ilgari surilgan edi.

Tadbir ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilib, unda Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmanov hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Aziz Rahimov ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, jumladan, moliyaviy qiyinchiliklar, ishlab chiqarishda uchrayotgan to‘siqlar va logistika masalalari muhokama qilindi.

Ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, korxonalarda energiya samaradorlikni ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalar joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
04/24/2025, 11:26
t.me/b_bozorov/3244
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found