⚡️“Qonun buzilishining jamiyatga salbiy ta’siri” mavzusida dars о‘tildi
“Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni, huquqiy ong va madaniyatni bolalikdan shakllantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi qо‘shma qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun 25 aprel kuni jinoyat ishlari bо‘yicha Bulung‘ur tuman sudining sudyasi M.Ruziyev tomonidan tumandagi 54-, 24-maktabning 9-10-11-sinf о‘quvchilariga “Qonun buzilishining jamiyatga salbiy ta’siri” mavzusida dars о‘tkazildi.
Shuningdek, pedagog о‘qituvchilar bilan alohida “Oiladagi zо‘ravonlikning oldini olish va oiladagi zо‘ravonlikdan jabrlanganlarga amaliy yordam kо‘rsatish”, “Odam (chaqaloq) savdosi tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyatlarning oldini olish choralari” mavzulari yuzasidan davra suhbati о‘tkazib, qatnashchilar tomonidan berilgan о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Kanalga ulaning:
✅
@bulungurhayotii