Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
UZ
TIPI | Rasmiy kanal
8 121 subscribers
1
1.5 k
#HAMKORLIK

✔️ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Urganch innovatsion universiteti bilan hamkorlikni mustahkamladi

✔️ Institutimiz xalqaro hamkorlik, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, f.f.d. professor Ma’rufjon Yo‘ldoshev Urganch innovatsion universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

✔️ Tashrif doirasida universitet rektori, filologiya fanlari doktori Madamin Ishmuratov bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar zamonaviy ta’lim va ilmiy innovatsiyalar sohasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirishga oid dolzarb masalalarda fikr almashdilar.

✔️ Shuningdek, Ma’rufjon Yo‘ldoshev universitet infratuzilmasi — kutubxona, sport majmuasi, talabalar turar joyi hamda registrator ofis faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

👉 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Bu kelishuv ikki muassasa o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida yangi bosqichdagi sheriklikni boshlab beradi.

Institut rasmiy sahifalari:
🌐Web-siteTelegram |🌐 Instagram |✅ Facebook |📹 Youtube |🕊 Twitter
04/26/2025, 12:31
t.me/uztipi_uz/10352
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found