Fakultetimiz o‘qituvchilari targ‘ibot ishlarini davom ettirmoqda!
📚✨
SamDVMCHBU Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti “Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi” kafedrasi assistenti M.A. Nortasheva Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida joylashgan 2-, 18- va 51-maktablarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktablarning 11-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
👩🏫
Uchrashuvda universitetimiz faoliyati, yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim dasturlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va istiqbolli mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga universitet hayoti, amaliyot va ilmiy faoliyat imkoniyatlari haqida ham motivatsion targ‘ibot ishlari olib borildi.
🎓
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajak kasbini ongli tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi!