Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Amaliy mashg‘ulot — nazariy bilimlarni mustahkamlash garovi!
🔬🐄

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetining 202-guruh talabalari “Hayvonlar fiziologiyasi” fanidan “O‘pka faoliyatini o‘rganish usullari. Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi” mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar.

Mashg‘ulot davomida talabalar qoramollar ustida nafas olish va nafas chiqarish mexanizmlarini tekshirib, o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rdilar.
👨‍🔬👩‍🔬

Amaliy dars jarayonida ularga “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti Fayzullayev Ikromjon Alisherovich tomonidan mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ustoz nafas a’zolari faoliyati, o‘pkada kechadigan asosiy fiziologik jarayonlar va ularni o‘rganish metodikalarini nazariy hamda amaliy tarzda ko‘rsatib berdi.

Ushbu mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat bilim, balki kasbiy mahoratni oshirish uchun ham hizmat qiladi.
04/26/2025, 13:08
t.me/zooinjeneriya_news/21713
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found