Zooinjeneriya fakultetidan targʻibot tashrifi!
2025-yil 23-aprel kuni SamDVCHBU Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetining “Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi” kafedrasi dotsenti, q.x.f.n. M.K. Narbayeva tomonidan Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 25-oʻrta maktabda targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida maktab oʻquvchilari, xususan bitiruvchilar, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining faoliyati bilan tanishtirildi hamda oliygohga oʻqishga kirish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad — yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va ularni oliy taʼlim sari ruhlantirish bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱Instagram 📱Facebook 🌐 Sayt