Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
“Dunyodagi eng katta kutubxona qayerda joylashgan, bilasizmi?”

🌐 Bir tasavvur qilib ko‘ring: ulkan bir binoga kirasiz. Unda 170 milliondan ortiq kitob, hujjat, xarita, qo‘lyozma va suratlar jamlangan. Har bir zinapoya ilmga, har bir devor tarixga boy. Bu oddiy kutubxona emas — bu dunyodagi eng katta kutubxona: AQSh Kongress kutubxonasi.

📑 U Vashington shahrida joylashgan bo‘lib, 1800-yilda asos solingan. Dastlabki yillarda 300 dona kitob bilan boshlangan bu ilm xazinasi hozirda Yer yuzining eng boy kutubxonasi sifatida tan olingan. U hatto dunyodagi barcha tillarda yozilgan kitoblarning eng to‘liq to‘plamiga ega, deyishadi.

🤔 Eng qiziq tomoni: bu kutubxonada saqlanayotgan ba’zi kitoblar dunyoda yagona nusxada bor. Ba'zilarining yoshi esa ming yillarga borib taqaladi!

😀 Kutubxonaning eng mashhur joyi – Thomas Jefferson binosi. U ichkariga qadam qo‘ygan har bir kishini go‘yoki san’at galereyasiga olib kirgandek his uyg‘otadi. Asosiy o‘quv zalidagi gumbaz ostida o‘tirib, siz ham o‘zingizni tarix sahnasida kabi his qilasiz.

😁 Agar bir kun Vashingtonga yo‘l tushsa, albatta bu maskanga kiring. Chunki bu yerda faqat kitoblar emas, insoniyat xotirasi jamlangan.

Saqlab qoʻying, bir kun borish uchun:)

Boraman deb niyat qilganlar bitta qoshi qop-qora qora oy bosib, kommentga qachon borishini yozib ketsin)

@mutolaa_za
vqdir
04/25/2025, 14:40
t.me/zooinjeneriya_news/21678
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found