Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
2-kurs talabalari Ma'rifat darsida faol ishtirok etishdi
📘🧠🇺🇿

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetida B.Sayitmurodov hamda fakultet tyutori Sh. Sadinova rahbarligida 2-kurs talabalari ishtirokida navbatdagi “Marifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

📚 Dars davomida talabalar yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari borasidagi dolzarb ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

📊 Talabalarga mamlakatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikrlar asosida tayyorlangan hisobot taqdim etilib, ular bilan fikr almashildi, qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

🔍 Yoshlarda iqtisodiy ong va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi bunday darslar – ularning kelajakdagi faol, bilimli va vatanparvar bo‘lib yetishishida muhim omildir.

O‘qish, izlanish va faol ishtirok – yoshlar ma’naviyatining asosidir!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱Instagram 📱Facebook 🌐 Sayt
04/24/2025, 13:26
t.me/zooinjeneriya_news/21650
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found