🎨 Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti hamda Besh muhim tashabbus doirasida navbatdagi ijodiy loyiha — “Ranglar sehri” to‘garagi bo‘lib o‘tdi.
📍 Tadbir 2-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘zlarining fantaziyasi, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishi va didini ranglar orqali ifoda etishdi. Bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, bezaklar yaratish — bularning barchasi ijodiy muhitni yanada jonlantirdi.
👩🏫 Tadbirni fakultet tyutorlari N.Abduvafoyeva va X.Mirzayevlar olib bordilar. Ular ishtirokchilarga ijodiy motivatsiya berib, talabalarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatladilar.
✨ Yaratilgan asarlar orasida eng sara ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘z ijodlari orqali bir-birini ruhlantirib, do‘stona muhitda vaqt o‘tkazishdi.
“Ranglar sehri” — bu san’at, ilhom va ijod uyg‘unligi!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱Instagram 📱Facebook 🌐 Sayt