Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti rahbariyati 1-sonli TTJda yashovchi talabalar bilan suhbat o‘tkazdi
Talabalar bilan bevosita muloqot qilish, ularning yashash sharoitlari, muammolari, taklif va fikrlari bilan tanishish maqsadida 1-sonli Talabalar turar joyida ochiq suhbat tashkil etildi.
Uchrashuvda:
• Fakultet dekani Nuriddinov Boboxon Yallaboyevich
• Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F. Abdukovulov
• Tyutorlar N. Abduvafoyeva va X. Mirzayev
ishtirok etishdi.
Suhbat davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
✔️ TTJda talabalarning yashash sharoitlari va intizomi
✔️ Darslarga qatnash, davomad va faollik masalalari
✔️ Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
✔️ Ma’naviy-ma’rifiy muhit va ichki tartib-qoidalar
Talabalar o‘z fikrlari, takliflari va ayrim muammolari bilan o‘rtoqlashishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱Instagram 📱Facebook 🌐 Sayt