Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Mutolaaga bo‘lgan mehr — bilimga yo‘l!
📚✨

2-sonli talabalar turar joyida Besh muhim tashabbus doirasida talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Mutolaa zavqi” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
📖🌿

Mazkur mashg‘ulot Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilib, unda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Abdukovulov, fakultet tyutori Sh.Sadinova, shuningdek, talabalar turar joyini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Aslonovlar ishtirok etdilar.
🗣️🤝

Tadbir davomida talabalarga kitobxonlikning jamiyatdagi o‘rni, ma’naviyat va tafakkur tarbiyasidagi ahamiyati haqida qiziqarli ma’ruzalar o‘qildi hamda ochiq muloqotlar tashkil etildi.
📘💡

Mashg‘ulotda talabalar tomonidan o‘qilgan badiiy asarlar yuzasidan bahs-munozaralar olib borildi, asarlarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va obrazlari chuqur tahlil qilindi.
04/21/2025, 03:16
t.me/zooinjeneriya_news/21592
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found