Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Agentlik delegatsiyasi mamlakatning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Agentlik direktori Alisher Ubbuyev boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi tashrif manzili XXRning Vuchin shahrida joylashgan “Yinghua Akademiyasi” yuqori maktabi bo‘ldi.

Tashrif davomida Agentlik vakillari mazkur maktabda ta’lim jarayoni, milliy va xalqaro dasturlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyamiz va Yinghua Akademiyasi rahbariyati hamda Vuchin shahri hokimi o‘rtasida davra suhbati ham o‘tkazildi. Muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan taklif almashdilar. Muzokara yakunida Agentlik hamda “Yinghua Group” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, delegatsiya “Yinghua Group” tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasasi hamda boshlang‘ich maktabga ham tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/25/2025, 20:53
t.me/ima_myim/12690
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found