Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
52
258
24 k
⚡️ 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

✅ Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota

❗️Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

Ma'lumki, bunday tavsiyanomalarga qabul may oyi oxiridan boshlanadi. Mahallalar orqali kerakli toifaga tushadigan cheklanmagan xotin-qizlar tavsiyanoma ololadi, lekin grant cheklangan — 2 mingta.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

➖ Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
➖ Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
➖ Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
➖ 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
➖ Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
➖ Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

🤖 Talababop – Talabalar uchun!
📊 DTMStat – Abituriyentlar uchun!

✅ @talimuz
04/26/2025, 20:09
t.me/talimuz/822
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found