❗️Toshkentdagi barcha davlat tibbiyot oliygohlari tugatilib, yangi nom ostida birlashmoqda!
Prezident qaroriga ko’ra:
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
❓Hozir o’qiyotgan talabalar nima qiladi?
✅ JAVOB: 2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi.
Joriy yilda bitiruvchi kurs talabalariga esa Universitet diplomi beriladi (akademiya yoki institut diplomi emas).
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi.
🤖
Talababop – Talabalar uchun!
📊
DTMStat – Abituriyentlar uchun!
✅ @talimuz