📹 Buxoroda xalqaro ta'lim konferensiyasi o'tkazildi
Buxoro shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Osiyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ta'lim masalalariga bag'ishlangan seminar
o'tkazdi.
Unda “Study in Uzbekistan” tizimi taqdimot qilindi va mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektorlari, boʻlim rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminar mavzusi xorijiy talabalarni Oʻzbekistonda taʼlim olishga jalb etish, milliy taʼlim eksport salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.
✅ @talimuz