#Kitobxon_talaba
“Kitobxon talaba” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uchrashuv!📚✨
✅Joriy yilning 28-aprel sanasida Veterinariya profilaktikasi va davolsh fakulteti tyutorlari — Sh.Xoliqov , S.Musayeva Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchilari hamkorlikda talabalar o‘rtasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📖Tadbir “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida o‘tkazilib, mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Oq kema ” nomli asari birgalikda o‘qildi va keng muhokama qilindi.
📘Muhokama jarayonida talabalar asardagi obrazlar, voqealar rivoji hamda muallifning berayotgan gumanistik g‘oyalari haqida fikr almashdilar. Kitobxonlik orqali talabalar tafakkur doirasini kengaytirib, badiiy asarlarni chuqur anglashga intildilar.
📚Bunday ma’naviy uchrashuvlar yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, o‘qish madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmat
i
🌐|Teleg
ram | Instag
ram | Facebook |