Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#Xushxabar

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan rasmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

✍️ 2023-yil fevral oyida Bilim va malakalarni baholash agentligi delegatsiyasi “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotiga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif davomida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va “Cambridge” imtihonlarini Agentlikda tashkil etish yuzasidan memorandum imzolandi.

🇺🇿 Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda xalqaro tan olingan test tizimlarini joriy etish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Cambridge” imtihonlarini mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu yoshlar va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ilmiy-o‘quv amaliy markazida tashkil etilishi rejalashtirilgan imtihonlar ro‘yxati:

🔹 TKT Module 1 - Background to language learning and teaching
🔹 TKT Module 2 – Lesson planning and use of resources for language teaching
🔹 TKT Module 3 – Managing the teaching and learning process
🔹 New Linguaskill
🔹 Cambridge English Qualifications:
🔸 Pre A1 Starters
🔸 A1 Movers
🔸 A2 Flyers
🔸 A2 Key / A2 Key for Schools
🔸 B1 Preliminary / B1 Preliminary for Schools
🔸 B2 First / B2 First for Schools
🔸 C1 Advanced
🔸 C2 Proficiency

*Yuqoridagi deyarli barcha imtihonlar tegishli qaror (3515) bo‘yicha O‘zbekistonda tan olinadi.

🌎 Cambridge University Press and Assessment — dunyodagi eng nufuzli ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, 170 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. Ushbu tashkilot har yili millionlab talabalar va mutaxassislarga malakasini xalqaro darajada baholash imkoniyatini yaratadi.

🔻 Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi, topshirish jarayoni va to‘lov miqdori bo‘yicha batafsil ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz
04/28/2025, 17:20
t.me/veterinariyaprofilaktikasi/23449
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found