#Xalqaro_hamkorlik
✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 3-bosqich tayanch doktorantlari J.Sh. Ortiqov, S.K. Aliboyev va Z.O. Kamolov ilmiy mavzulari doirasida Qozog‘iston Milliy Agrar Universitetida tadqiqot olib bormoqda.
🏛 Tadqiqotlar Qozog‘iston Milliy Agrar Universiteti Veterinariya va Zootexniya fakulteti dekani Musayev A.M. hamda "Farmakologiya va Patologik anatomiya" kafedrasi professorlari Maulanov A.Z., Zamanbekov N., Qarabayev E. va Kabdikova Z. rahbarligida olib borilmoqda.
Tadqiqot ishlari 2025-yil 14-apreldan boshlab amalga oshirilmoqda.
"Farmakologiya va Patologik anatomiya" kafedrasi professori Maulanov Amangeldi Zamanovich tajriba hayvonlari organlaridagi o‘zgarishlarni mikroskopik usulda aniqlash va gistopreparat tayyorlash bo‘yicha o‘z bilim va tajribasi asosida doktorantlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirmoqda.
🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati
🌐|Telegram
| Instagram
| Facebook |