26-APREL – VETERINARIYA SOHASI FIDOYILARINI SHARAFLASH KUNI
✅ Bugun, 26-aprel kuni yurtimizda hayvonlar salomatligi, jamiyatimiz farovonligi uchun tun-u kun mehnat qilayotgan moʻtabar kasb egalarini – veterinarlarni sharaflaydigan kun!
Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅ Tadbirda ilm va amaliyot sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ustozlar va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Veterinariya – bu hayvonlarga mehr va gʻamxoʻrlik, insoniyatga sogʻliq va baraka olib keluvchi oliyjanob soha. Veterinariya — nafaqat kasb, balki hayotga, tabiatga, mavjudotga muhabbat ifodasidir.
🎗Har bir veterinar insoniyat va tabiat o‘rtasidagi nozik muvozanatni asrashga bel bog‘lagan fidoyi qalb egasidir. Jamiyatimizda veterinariya sohasining o‘rni beqiyos.
👉BATAFSIL
🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati
🌐|Telegra
m | Instagra
m | Facebook |