#QABUL_2025
✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti «Ichki yuqumsiz kasalliklar» kafedrasi assistenti, v.f.f.d. (PhD) B.N. Xayitov tomonidan 24-aprel kuni Qo‘shrabot tumanidagi 28- va 36-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yili uchun talabalar qabuliga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda o‘quvchilar va pedagog xodimlarga universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar, professor-o‘qituvchilarning salohiyati, o‘quv jarayonlari, moddiy-texnik baza, xorijiy hamkorliklar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va chet elda tahsil olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ko‘plab o‘quvchilar universitetda tahsil olish istagini bildirdilar.
🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati
�
�|Telegram
| Instagram
| Facebook |